So'nggi yangiliklar

Qashqadaryo viloyatining chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi, 2023- yilning yanvar- oktabr oyiga nisbatan 5,4 % ga o‘sdi va 944,6 mlrd. so‘mni tаshkil qildi. 

Joriy yilning 17- dekabr kuni Kitob tumani statistikasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi F. Xudoyberdiyev tomonidan Kitob tumaniga qarashli “Ali qushchi” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi, aholi soni hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.

Joriy yilning 17-dekabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida statistika boshqarmasi rahbariyati, OAV vakillari ishtirokida “Qashqadaryo viloyatining iqtisodiy-ijtimoiy ko‘rsatkichlari hamda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish”  mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 16- dekabr kuni G‘uzor tumani statistikasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh. Eshmurodova tomonidan G‘uzor tumaniga qarashli “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi, aholi soni hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.

Qashqadaryo viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2024- yil yanvar-oktabr oylari holatiga koʻra, 172104,3 ming AQSH dollarini tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-oktabr oyida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 19481,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Qashqadaryo viloyatida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 20,4 % ni tashkil etdi.

 Joriy yilning 16-dekabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining Demografiya, mehnat va gender statistikasi boʻlimi tomonidan tuman (shahar) statistika  xodimlari uchun demografiya, mehnat va gender statistikasiga oid koʻrsatkichlar hamda ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning 14-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi 114-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

 Joriy yilning 14-dekabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘limi tomonidan tuman (shahar) statistika xodimlari uchun Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasiga oid koʻrsatkichlar hamda ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida, Qashqadaryo viloyatida jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 2982,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2024- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra,  Qashqadaryo viloyatida otlarning umumiy bosh soni 36,8 mingtaga yetdi.