So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 26-dekabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi bosh yurskonsulti M. Sharipov tomonidan boshqarma hamda tizimdagi tuman va shahar statistika xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ayollar orasida onkalogik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024- yil 22-noyabrdagi hamda “Mahallalarda aholi muommolarini aniqlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2024- yil 6-avgustdagi qarorlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati hamda qo‘llanilishini xodimlarga tushuntirilib, batafsil ma’ruza qildi.

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Qashqadaryoning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 149,2 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Qashqadaryo viloyatida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 2497,5 mlrd.so‘mni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida, moliyaviy xizmatlarning umumiy hajmida Qarshi shahrining ulushi 52,5 foizni yoki 2044,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Qashqadaryo viloyatida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 21,0 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 70,9 % ni tashkil etdi.

Qashqadaryo viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2024- yil yanvar-noyabr holatiga koʻra, 170,8 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-noyabr oylari holatiga Qashqadaryo viloyatida o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 6218,3 ming so‘mni tashkil etdi.