21/02/2025

Joriy yilning 21- fevral kuni Statistika agentligi tomonidan 2024- yil yakunlari boʻyicha yillik “1 kb”, “1 fx” va ”1 mehnat” statistika hisobotlarini taqdim etuvchi tadbirkorlik subyektlariga hisobotlarini topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida onlayn muloqotlar tashkil etildi.

1

Ushbu onlayn muloqotlarda “1 kb”, “1 fx” va “1 mehnat” yillik statistika hisobotlarining har bir boʻlimi, ulardagi koʻrsatkichlar boʻyicha batafsil tushuntirilib, hisobot topshiruvchilarning savollariga atroflicha javob berildi.

2

Onlayn muloqotlar 2025- yilning 10- mart kuniga qadar haftaning dushanba va juma kunlari soat 10:00 dan 11:30 ga qadar doimiy tarzda tashkil etiladi.

4

Eslatib oʻtamiz, 1 kb shakli va 1 fx shakli statistika hisobotlarini taqdim etish muddati 2025- yilning 10- mart sanasida yakunlanadi.

3-2102257j1a9809rttyty_p99846

Onlayn muloqotlarda faol ishtirok eting!

Tugmani bosing Tinglash GSpeech