So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 27-yanvar kuni Mirishkor tumani statistikasi bo‘limi boshlig‘i G‘. Rajabov tomonidan Mirishkor tumaniga qarashli “Oqmachit” mahalla fuqarolar yig‘inida yangilangan xaritaga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi, aholi soni hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.

2025- yil 1-yanvar holatiga Qashqadaryo viloyatida chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 6074 tani tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida, Qashqadaryo viloyatida jami 15099,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2023- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 112,1 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Qashqadaryo viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 18,0 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Qashqadaryo viloyatida norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 32,1 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Qashqadaryo viloyatida boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 6,0 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 23-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boʻlimi xodimlari uchun qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

 Joriy yilning 23- yanvar kuni Qarshi shahar statistikasi bo‘limi boshlig‘i B. Chuliyev tomonidan Qarshi shahriga qarashli “Gulshan” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi, aholi soni hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.

2024-yilning yanvar-dekabr oyida moliyaviy xizmatlarning umumiy hajmida Qarshi shahrining ulushi 52,5 foizni yoki 1 934,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.