So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar- dekabr oylarida Qashqadaryo viloyatida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 42693,2 mlrd. so‘mni yoki 2023- yilning mos davriga nisbatan 104,2 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 30-yanvar kuni G‘uzor tumani statistikasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi Y. Sattorov tomonidan G‘uzor tumaniga qarashli “Avg‘onbog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida yangilangan xaritaga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi, aholi soni hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.

Joriy yilning 29- yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari boʻlimi xodimlari uchun statistika faoliyatini tashkil etish, profilaktika ishlari hamda xalqaro hamkorlik va axborot almashuv masalalari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning 29-yanvar kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi bosh yurskonsulti M. Sharipov tomonidan boshqarma hamda tizimdagi tuman va shahar statistika xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining Prezindentining 2024- yil 14-avgustdagi “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi va 2024- yil 11-sentrdagi “Kambag‘illikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida qonunchilikga rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni ko‘chaytirish to‘g‘risida”gi Farmonlarining  mazmun-mohiyati va ahamiyati hamda mavzusida xodimlarga tushuntirilib, batafsil ma’ruza qildi.

2024- yil yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatining YAHM hajmi 6,5 % ga o‘sdi va 80 658,3 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning 28-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Raqamlashtirish va ma’lumotlarni saqlash markazi xodimlari uchun axborot va kiberxavfsizlik masalalariga oid oʻquv amaliy seminari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning 28-yanvar kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida statistika boshqarmasi rahbariyati, OAV vakillari ishtirokida “Statistika tizimida hisobotlarning ochiqligi va shaffofligi hamda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 28-yanvar kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘lim bosh mutaxassisi S. Xurramov tomonidan Qarshi shahriga qarashli “Beglar” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi, aholi soni hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.

2025- yil 1- yanvar holatiga viloyatda faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni jami 22452 tani, shundan yangi tashkil etilganlari 3083 tani tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida, viloyatda jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 4084,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Qashqadaryo viloyatida ichimlik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,8 % bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisabatan fizik hajm indeksi 105,3 % ni tashkil etdi.