So'nggi yangiliklar

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha koʻrsatilgan bozor xizmatlari tarkibida savdo xizmatlarining ulushi 24,8 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekistondan 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida xorijga qiymati 16,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 683 dona yuk avtomobillar eksport qilingan.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 25,1 % ni tashkil qildi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 8 129,3 mln. dona tuxum yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 104,4 % ni tashkil etdi.

2023-yilning 1-fevral holatiga jami faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 572 021 tani (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 89 170 tani tashkil qildi.

Baqlajon sabzavotlar orasida yillik nisbatda narxlar pasayishi boʻyicha yetakchilik qilib, 2023-yilning yanvar oyiga nisbatan uning narxlari 33,2 % ga arzonlashdi.

Joriy yilning 10- fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Z. Ziyayev raisligida hududiy statistika boshqarmalari tomonidan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini muhokamasiga bag‘ishlangan videokonferensaloqa shaklidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Soʻnggi 5 yilda sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida jami 7 131 tani tashkil etilib, bu esa oxirgi 5 yil davomida yangi yaratilgan kichik korxona va mikrofirmalarning aynan 1,7 % i shu sohada tashkil etilayotganligini anglatadi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Qashqadaryo viloyatida 16,2 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, uning tarkibida qurilish-montaj ishlariga yo‘naltirilgan investitsiyalar 8,1 trln. so‘mni va jami viloyatda o‘zlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 50,1 % ini tashkil etdi. 

Joriy yilning 13- fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2022-yil yakunlari boʻyicha “1- FX” yillik statistika hisobotini topshiruvchi fermer xoʻjaliklariga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqot tashkil etildi.

2023- yilning yanvar oyida respublika boʻyicha 18 032 ta nikoh tuzish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.

Oʻzbekistondan 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida xorijga qiymati 78,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 316,7 ming dona muzlatgich ekport qilgan.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, qurilish tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 6,7 % ni tashkil qildi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 2 420,7 ming tonna poliz mahsulotlari yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 105,9 % ni tashkil etdi.

2023- yilning 1- fevral holatiga respublikamizda jami 45 541 ta qurilish korxonalari faoliyat koʻrsatib kelayotgan boʻlib, ular oʻtgan yilning mos davriga (43 989 ta) nisbatan 1 552 taga koʻpaygan.

Shahar va tumanlar kesimida sanoat ishlab chiqarishining viloyat jami hajmidagi eng yuqori ulushi Nishon tumaniga to‘g‘ri kelib 22,9 % ni, shuningdek, G‘uzor tumaniga 15,4 % ni hamda Qarshi shahriga esa 15,3 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvarida shakar bir oyda 1,4 % ga arzonlashdi.

Soʻnggi 5 yilda axborot va aloqa sohasida jami 9 912 tani tashkil etilib, bu esa oxirgi 5 yil davomida yangi yaratilgan kichik korxona va mikrofirmalarning aynan 2,3 % i shu sohada tashkil etilayotganligini koʻrsatadi.