Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikada qoʻy va echkilarning umumiy soni 23 623,7 ming boshga yetdi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 102,8 % ni tashkil etdi.
Qoʻy va echkilar umumiy bosh sonining eng yuqori ulushi Qashqadaryo viloyati (20,8 %) hissasiga toʻgʻri keldi. Shu bilan birga, Samarqand (11,0 %) va Surxondaryo (10,7 %) viloyatlarida ham qoʻy va echkilar bosh sonining yuqori koʻrsatkichlari qayd etildi.