14/04/2025

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yil 1-aprel holatiga, Qashqadaryoda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 28 603 tani tashkil etgan.

 Shundan 23 300 tasi yoki 81,5 foizi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keladi.

 

Hududlar bo‘yicha eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar Qarshi shahrida – 20,4 foiz, Qarshi – 7,5 foiz, Yakkabog‘ – 7,1 foiz, Kitob – 7,1 foiz va Koson tumanida – 6,6 foiz faoliyat ko‘rsatmoqda.

2025- yil 1-aprel holatiga faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p qismi “savdo” tarmog‘ida bo‘lib, uning jami sonidagi ulushi 31,8 foizni tashkil etdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech