So'nggi yangiliklar

Respublikamizda 2023-yilning 1-may holatiga jami 47 813 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritayotganligi ma’lum bo‘ldi.

2023-yilning yanvar–mart oylari davomida trolleybus transportida 156,2 ming yoʻlovchi tashilgan boʻlib, bu esa 2022-yilning mos davriga nisbatan 4,6 marta (122,6 ming)ga koʻpdir.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 137,4 ming dona elektr isitgichlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 75,1 % ga oshgan.

2023-yilning 8–12- may kunlari Qozogʻiston Respublikasining Olmaota shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Statistika boʻlimi (UNSD) BMT-Habitat bilan hamkorlikda hamda Yevropa Komissiyasi tomonidan urbanizatsiya darajasini baholash metodologiyasini amalga oshirish boʻyicha mintaqaviy seminar tashkil etildi.

2023-yilning 1-may  holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 488 761 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan xususiy korxonalar soni 70 033 tani tashkil qildi.

2023-yil yanvar-mart oylari holatiga Muborak tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 137 tani tashkil etib, ular tomonidan 102,1 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.

2023-yilning yanvar-mart davri uchun, O‘zbekiston Respublikasi aholi jon boshiga umumiy daromadlari 4,0 mln. so‘mni, o‘tkan yilning mos davriga nisbatan real o‘sish sur’ati esa 108,5 % ni tashkil etdi.

2023- yilning 9–12- may kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan gender statistikasi bo'yicha ekspertlar guruhi yig'ilishi tashkil etildi.

Qasgqadaryo viloyatida 2023- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 78,8 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 15-19-may kunlari Koreya Respublikasi “Statistiks Koreya” idorasi delegatsiyasi statistika sohasida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va ikki tomonlama dolzarb mavzularda oʻzaro tajriba almashish masalalarida amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlib turibdi.

2023-yil yanvar-mart oylari holatiga Koson tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 262 tani tashkil etdi.

2023-yil yanvar-mart oylari holatiga Qarshi shahrida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 813 tani tashkil etib, ular tomonidan 505,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.

 2023- yil yanvar-mart oylarida tashqi savdo aylanmasida tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkorlarimiz Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, BAA, Polsha, Pokiston, Misr va Hindiston kabi davlatlar bo‘lgan.

2023- yilning yanvar-mart oylarida MDH mamlakatlariga 23434,9 ming AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinib, jami eksportning 27,3 % ini tashkil etdi.

Qashqadaryo viloyatining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 34659,1 ming AQSH dollarini tashkil etdi. 

2023-yilning yanvar-mart oylari davomida tramvay transportida 833,9 ming yoʻlovchi tashilgan boʻlib, bu esa 2022-yilning mos davriga nisbatan 170,3 mingga koʻpdir.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 689,2 tonna shaftoli sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022- yilning tegishli davriga nisbatan 36,4 % ga oshgan.

2023-yilning 1-may holatiga, tashish va saqlash xizmatlari sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 23 337 ta bo‘lib, o‘sish sur’ati 2019- yilning mos davriga nisbatan 155,1 foizni tashkil etdi.