So'nggi yangiliklar

2023- yilning 1- yanvar holatiga Oʻzbekistonda uylar (kvartira) soni 7 301 164 tani tashkil etgan. 

Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-mart oylarida 7 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 2,2 ming tonna limon eksport qilgan.

2023- yilning yanvar-mart oylari davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transporti orqali jami 17,9 mln. tonna asosiy turdagi yuklar joʻnatilgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan yuk joʻnatish hajmi 0,1 mln. tonnaga oʻsishi kuzatildi.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida YAHM hajmi 9 892,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-marti bilan taqqoslaganda 3,2 % ga o‘sdi. 

Joriy yilning 1-may holatiga respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan sanoat sohasidagi korxonalari soni 109 178 ta bo‘lib, ularning o‘sish sur’ati 2019- yilning mos davriga nisbatan 164,8 foizni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-mart oylarida kiyim ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 2,3 % bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisabatan fizik hajm indeksi 98,7 % ni tashkil etdi va ishlab chiqarish hajmi 147,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 11,8 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, metallurgiya sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,02 % bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan fizik hajm indeksi 3,1 % ni tashkil etdi va ishlab chiqarish hajmi 1,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-mart oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 4 204,4 mlrd. so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 65,8 % ini tashkil etdi.

Viloyatimizda 2023- yilning yanvar-aprel oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2 693 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib,

2023-yilning yanvar - mart oylarida Qashqadaryo viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 3 265,7 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 102,9 % ni tashkil qildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 72,3 ming tonna aviatsiya kerosini ishlab chiqarilgan.

2023- yilning 1- may holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 10 788 tani tashkil etib, 2023- yilning yanvar-aprel oyida bu sohada 485  ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

2022/2023- oʻquv yilida respublika boʻyicha umumtaʼlim muassasalarida taʼlim berayotgan pedagoglar soni 521,6 ming nafarni tashkil etgan.

 Viloyat statistika boshqarmasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizda jami 145,6 ming tonna sut sogʻib olingan. 

2023- yil 1- aprel holatiga jami ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 46 132 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etib, ular o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7 071 taga oshdi.

2023- yilning yanvar-mart holatiga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 59,0 %,  transfertlardan olingan daromadlar 33,0 % hamda  shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar 8,0 % tashkil etadi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 161 dona liftlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 37,6 % ga oshgan.