So'nggi yangiliklar

2022/2023- oʻquv yili boshiga umumtaʼlim muassasalari soni jami 10 522 tani tashkil etdi, ushbu koʻrsatkich 1991/1992 oʻquv yiliga nisbatan 1 965 taga koʻpaygan.

Respublikamizda 2023- yilning 1-fevral holatiga jami 55 966 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritmoqda. Ularning hududlar kesimidagi soni quyidagicha shakllandi:

Qishloq xoʻjaligi sohasida 2020-2022-yillarda yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning asosiy qismi qishloq xoʻjaligi sohasining 3 ta yoʻnalishida tashkil etilgan boʻlib, soʻngi 3 yil davomida yaratilgan 38 697 ta yangi kichik korxona va mikrofirmalarning 17 484 tasi yoki 45,2% i aynan quyidagi qishloq xoʻjaligi yoʻnalishlari hissasiga toʻgʻri keladi:

2023- yilning yanvar oyida respublika boʻyicha 76199 nafar tirik tugʻilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 6 178,6 tonna olcha sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021-yilning tegishli davriga nisbatan 62,4 % ga oshgan.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha koʻrsatilgan bozor xizmatlari tarkibida savdo xizmatlarining ulushi 24,8 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekistondan 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida xorijga qiymati 16,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 683 dona yuk avtomobillar eksport qilingan.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 25,1 % ni tashkil qildi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 8 129,3 mln. dona tuxum yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 104,4 % ni tashkil etdi.

2023-yilning 1-fevral holatiga jami faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 572 021 tani (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 89 170 tani tashkil qildi.

Baqlajon sabzavotlar orasida yillik nisbatda narxlar pasayishi boʻyicha yetakchilik qilib, 2023-yilning yanvar oyiga nisbatan uning narxlari 33,2 % ga arzonlashdi.

Joriy yilning 10- fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Z. Ziyayev raisligida hududiy statistika boshqarmalari tomonidan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini muhokamasiga bag‘ishlangan videokonferensaloqa shaklidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Soʻnggi 5 yilda sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida jami 7 131 tani tashkil etilib, bu esa oxirgi 5 yil davomida yangi yaratilgan kichik korxona va mikrofirmalarning aynan 1,7 % i shu sohada tashkil etilayotganligini anglatadi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Qashqadaryo viloyatida 16,2 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, uning tarkibida qurilish-montaj ishlariga yo‘naltirilgan investitsiyalar 8,1 trln. so‘mni va jami viloyatda o‘zlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 50,1 % ini tashkil etdi. 

Joriy yilning 13- fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2022-yil yakunlari boʻyicha “1- FX” yillik statistika hisobotini topshiruvchi fermer xoʻjaliklariga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqot tashkil etildi.

2023- yilning yanvar oyida respublika boʻyicha 18 032 ta nikoh tuzish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.

Oʻzbekistondan 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida xorijga qiymati 78,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 316,7 ming dona muzlatgich ekport qilgan.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, qurilish tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 6,7 % ni tashkil qildi.