So'nggi yangiliklar

2023-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 50 676,5 mlrd. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda jami  8 210 ta madaniy meros obyektlari  mavjud boʻlib, shundan 7 827 tasi davlat mulki  va 383 tasi xususiy mulk hisoblanadi.

Yirik qurilish tashkilotlari bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 423,3 mlrd. so‘mlik ishlar bajarildi yoki jami yirik qurilish tashkilotlarining yangi qurilish ishlaridagi ulushi 16,9 % ni tashkil etdi.

Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 158,2 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 3 259,1 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi.

Norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 21,1 % ni tashkil etdi yoki 721,3 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. 2022- yilga nisbatan 98,8 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-may oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 60,1 % i to‘g‘ri kelib, 2022- yil ko‘rsatkichiga nisbatan 1,3 % punktga ko‘paydi.

2023-yilning yanvar-aprel oylarida nashriyotchilik xizmatlari hajmi 347,9 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan ularning oʻsish surʼati 109,0 foizni tashkil etdi. 

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 48,3 ming tonna neft bitumi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 35,3 % ga oshgan.

2023-yilning 1-iyun holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 12 807 tani tashkil etdi. Ularning hududlar kesimidagi  soni quyidagicha taqsimlandi:

2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda 11 236 ta sport zallari mavjud. 2021-yilda esa ushbu koʻrsatkich 11 015 tani tashkil etgan. Oʻtgan yil bilan solishtirganda mamlakatimizdagi sport zallari 221 taga koʻpaygan.

Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari 65,5 %, nooziq-ovqat mahsulotlar 34,5 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-may oylarida viloyatda 1144,5 mlrd. so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 12,6 % ga oshdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 49,4 ming tonna shagʻal ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 3,6-martaga oshgan.

O’zbekistonda 2023-yilning 1-iyun holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 417 562 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 413 569 tani tashkil etgan.

2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda jami 331 ta suzish havzalari mavjud.

 2023- yilning yanvar-may oylarida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan elektroenergiya ishlab chiqarish 75,1 % ni, issiqlik energiyasi ishlab chiqarish esa 105,7 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-may oylari yakunlariga ko‘ra, mashina va uskunalardan tashqari tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,3 % ni, o‘tgan yilning tegishli davriga nisabatan fizik hajm indeksi 96,6 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 33,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-may oylari yakunlariga ko‘ra, rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,3 % ni, fizik hajm indeksi 290,0 % ni tashkil qildi hamda ishlab chiqarish hajmida 34,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.