So'nggi yangiliklar

2025- yilning 1- fevral holatiga koʻra, 43042 ta kichik tadbirkorlik subyektlari roʻyxatdan oʻtgan (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz).

Joriy yilning 17- fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistik registrlarni yuritish boʻlimi xodimlari uchun korxona va tashkilotlar yagona davlat registri (KTYADR) bazasini shakllantirish va ularni yuritish masalalariga oid ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning 17-fevral kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari hamda  Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘lim mutaxassislari tomonidan Qarshi shahriga qarashli “Haramjo‘y” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi, aholi soni hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Qashqadaryo viloyatida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 32 080,1 mlrd. so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlari hajmidagi ulushi 81,2 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 17-fevral kuni Kasbi tumani statistikasi bo‘limi boshlig‘i O. Xudoyqulov tomonidan Kasbi tumaniga qarashli “Qoratepa” mahalla fuqarolar yig‘inida yangilangan xaritaga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi, aholi soni hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Qashqadaryo viloyatida Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 702,5 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida, Qashqadaryo viloyatida jami 15099,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2023- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 112,1 % ni tashkil etdi.

 2024- yilning yanvar- dekabr oylarida Qashqadaryo viloyatida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 16168,2 mlrd. so‘mni yoki 2023- yilning mos davriga nisbatan 102,9 % ni tashkil etdi.

Qashqadaryo viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2024- yil yanvar-dekabr holatiga koʻra, 170,8 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.

2025- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, viloyatdagi parrandalarning umumiy bosh soni 6973,3 mingtaga yetdi.