18/06/2025

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatimizda 2025- yilning yanvar-may oylarida 1 979 ta kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilgan.

 

Bu ko‘rsatkich 2024- yilning mos davri bilan solishtirganda 0,7 % ga oshgan.

 

Ularning soni iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanganda savdo sohasi yetakchi o‘rinni egallagan:

 

savdo sohasida – 728 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 457 ta

sanoat sohasida – 259 ta

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 156 ta

qurilish sohasida – 85 ta

tashish va saqlash sohasida – 48 ta

axborot va aloqa sohasida – 45 ta

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 32 ta

boshqa sohalarda – 169 tani tashkil etgan.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech