Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatimizda 2025- yilning 1-iyun holatiga sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida 990 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ularning soni yil boshidan buyon 233 taga oshgan.
Ular hududlar kesimida quyidagicha:
Qarshi shahri – 239 ta
Yakkabog‘ tumani – 86 ta
Kitob tumani – 85 ta
Shahrisabz shahri – 77 ta
Koson tumani – 69 ta
Qarshi tumani – 66 ta
Shahrisabz tumani – 51 ta
G‘uzor tumani – 49 ta
Qamashi tumani – 44 ta
Chiroqchi tumani – 44 ta
Nishon tumani – 38 ta
Kasbi tumani – 34 ta
Dehqonobod tumani – 32 ta
Mirishkor tumani – 29 ta
Muborak tumani – 29 ta
Ko‘kdala tumani – 18 tani tashkil etgan.