So'nggi yangiliklar

2022- yil yanvar-dekabr oylarida bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurish hissasiga to‘g‘ri keldi. Jami bajarilgan qurilish ishlarining 68,6 % i yoki 89 695,5 mlrd. so‘m aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini, turar-joy va boshqa ijtimoiy soha obyektlarini qurish bo‘yicha bajarildi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobidan 97,0 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, ularning Respublika bo‘yicha jami investitsiyalardagi ulushi 36,0 % ni tashkil etdi.

2022-yilda Oʻzbekistonga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan chet el  fuqarolar soni jami 5 232,8 ming nafarni tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida sogʻliqni saqlash sohasida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 6 384,2 mlrd. soʻmni tashkil etdi. 2021-yilning shu davriga nisbatan oʻsish surʼati 111,5 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida xorijga qiymati 44,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 28 367,4 ming juft poyabzal eksport qilgan.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, tashish va saqlashda 42 833,2 mlrd. so‘m miqdorida yalpi qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2018- yilga nisbatan 27,5 % ga oshgan.

Joriy yilning 9- fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida 2023- yilning 23- yanvar – 3- fevral kunlari Avstriyaning Vena shahrida Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Birlashgan Vena instituti tomonidan “Milliy hisoblar statistikasi” mavzusida o‘tkazilgan seminar natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Respublikamizda 2022- yilda 90 565 ta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi. So’nggi besh yilning mos davrida esa, qancha yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilganini  quyidagida ko‘rishimiz mumkin:

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir tashkil etildi.

Shahar va tumanlar kesimida nooziq-ovqat mahsulotlar ishlab chiqarilishining viloyatda jami hajmidagi eng yuqori ulushi Qarshi shahriga to‘g‘ri kelib, 15,6 %, shuningdek, Chiroqchi tumani 9,1 % ni, Yakkabog' tumani 9,0 % ni, Koson tumani 8,4 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvarida limon narxlari 2022- yilning yanvariga nisbatan 26,3 % ga past boʻldi.

Soʻnggi 5 yilda sanoat sohasida jami 84 830 ta kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etilib, bu esa oxirgi 5 yil davomida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning aynan 20,0 % i shu sohada tashkil etilayotganligini bildiradi.

2022- yilning yanvar - dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha, bino va inshootlar qurilishi ishlarining ulushi 68,4 % ni (o‘sish sur’ati 2021- yilga nisbatan 104,4 %), fuqarolik ob’ektlari qurilishi - 21,5 % (102,7 %) va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari - 10,1 % (138,2 %)ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida tijorat bank kreditlari va boshqa tashkilotlarning qarz mablag‘lari hisobidan 21,1 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, ularning jami investitsiyalardagi ulushi 7,8 % ni tashkil etdi.

2022-yilda jami 5 163,2 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan, shundan, 2 707,8 ming nafarini (jamiga nisbatan 52,4 %) erkaklar va 455,4 ming nafarini (jamiga nisbatan 47,6 %) ayollar tashkil etdi.

Mamlakatimizda 2023- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari jami soni 527 222 taga yetdi va so’nggi besh yilda ularning usish sur’ati quyidagicha aks etdi:

2023- yilning yanvarida mosh narxlari 2022-yilning dekabriga nisbatan 1,1 % ga arzonlashdi.

Soʻnggi 5 yilda qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida jami 51 725 ta kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etilib, bu esa oxirgi 5 yil davomida yangi yaratilgan kichik korxona va mikrofirmalarning aynan 12,2 % i shu sohada tashkil etilayotganligini anglatadi.