So'nggi yangiliklar

Kichik korxona va mikrofirmalar bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 792,0 mlrd. so‘m yoki jami kichik korxona va mikrofirmalarning yangi qurilish ishlaridagi ulushi 52,8 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 236,1 tonna tvorog ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 18,9 % ga oshgan. 

2023-yilning 1-may holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 12 989 tani, shundan qo‘shma korxonalar 5 057 ta va xorijiy korxonalar 7 932 tani tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 8,3 ming tonna olma sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 61,2 % ga oshgan. Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 2,5 ming tonna olma sharbati ishlab chiqarildi.

Respublikamizda 2023- yilning yanvar-aprel oylarida 30 288 ta yangi tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etildi. So’nggi besh yilning mos davrida esa, qancha yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilganini  quyidagida ko‘rishimiz mumkin:

2023-yilning yanvar-aprel oylarida Qashqadaryo viloyatida jami 2,5 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikamiz kinoteatrlarida kinonamoyishlar soni jami 81 414 tani tashkil etdi. Ushbu koʻrsatkichni oʻtgan yilga nisbatan solishtirilganda 8,5 martaga oshgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 295,7 tonna pishloq ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 62,2 % ga oshgan. Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 42,1 tonna pishloq ishlab chiqarildi.

2023- yil 1- may holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 12 989 ta bo‘lib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 barobarga oshgan. Ularning so‘nggi besh yildagi dinamikasi quyidagicha:

2023-yilning 1-yanvar holatiga mamlakatimizdagi kinonamoyishlar soni jami 81 414 tani tashkil etgan boʻlsa, shundan 67 109 tasi yoki 82,4 % i milliy filmlar va 14 305 tasi yoki 17,6 % i xorijiy filmlarni tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-mart oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 25,9 %ni tashkil etdi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikada faoliyat yuritayotgan kinoteatrlar soni 76 tani tashkil etib,  ushbu kinoteatrlarning hududlar boʻyicha taqsimlanishi quyidagicha:

2023-yilning yanvar-aprel oylarida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 5,4 trln. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning shu davriga nisbatan oʻsish surʼati 120,8 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 31- may kuni Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutida Kichik tadbirkorlik subyektlari statistika ko‘rsatkichlarini shakllantirish tartibi mavzusi bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.

Yirik qurilish tashkilotlari bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 254,2 mlrd. so‘mlik ishlar bajarildi yoki jami yirik qurilish tashkilotlarining yangi qurilish ishlaridagi ulushi 16,9 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-aprel oylarida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan elektroenergiya ishlab chiqarish 70,8 % ni, issiqlik energiyasi ishlab chiqarish esa 106,6 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-aprel oylari yakunlariga ko‘ra, avtotransport vositalari, treyler va yarim tirkamalar ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,02 % ni, o‘tgan yilning tegishli davriga nisabatan fizik hajm indeksi 46,4 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 1,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-aprel oylari yakunlariga ko‘ra, mashina va uskunalardan tashqari tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,3 % ni, o‘tgan yilning tegishli davriga nisabatan fizik hajm indeksi 50,8 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 22,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.