So'nggi yangiliklar

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 2 319,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 5,9 ming tonna makaron ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 31,8 % ga oshgan.

2023-yil 1-may holatiga tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni tahlil qilinganda eng ko’pi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar  hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. 

2023- yilning yanvar-aprel oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 490,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-aprel oylari yakunlariga ko‘ra, ichimlik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,5 % bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisabatan fizik hajm indeksi 98,8 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-aprel oylari yakunlariga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 11,3 % ni tashkil etib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan fizik hajm indeksi 105,8 % ga va ishlab chiqarish hajmi 1 013,6 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.

 2023- yil 1- may holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar o‘sish sur’ati 2019- yilning mos davriga nisbatan 170,0 foizni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-aprel oylari yakunlariga ko‘ra, metallurgiya sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,02 % bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan fizik hajm indeksi 2,8 % ga o‘sdi va ishlab chiqarish hajmi 1,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Sanoat tarmog‘i iqtisodiy tarmoqlar ichida eng yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan hisoblanadi. So‘nggi uch yil ichida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 111,1 foizni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-aprel oylarida ishlab chiqaradigan sanoatda 107,0 ming tonna dizel yoqilg'isi (2022- yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 2893,0 m.), 16,4 ming tonna kalava ip (118,0 %), 695,1 ming litr aroq mahsulotlari (87,7 %) hamda 17,1 ming tonna yumshoq bug‘doy va spelta uni (36,5 %) ishlab chiqarilgan.

 2023-yilning yanvar-aprel oylarida, Qashqadaryo viloyatida jami 2 483,7 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022- yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 100,1 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-aprel oylarida Viloyatda jami sanoat ishlab chiqarishidagi yuqori ulush Nishon tumani (31,9 %), G'uzor tumani (14,5 %), Qarshi shahri (11,4 %), Kasbi tumani (7,4 %) hamda Qarshi tumani (5,8 %) hissasiga to'g‘ri keldi.

2023-yil yanvar-aprel oylarida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari soni 2 640 ta bo‘lib, shundan: - mikrofirmalar va kichik korxonalar 2 634 ta; - yirik korxonalar 6 tani tashkil etdi.

Joriy yilning 1- may holatiga, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 12 489 ta bo‘lib, o‘sish sur’ati 2019- yilning mos davriga nisbatan 170,5 foizni tashkil etdi.

2023-yil 1-yanvar holatiga  O‘zbekiston Respublikasida muzeylarida tashkil etilgan ko‘rgazmalar 1301 tashkil etib, ulardan 444 tasi muzeydan tashqarida namoyish etilgan.

2023-yilning yanvar-mart davri uchun, Qashqadaryo viloyati aholi jon boshiga umumiy daromadlari 3,0 mln. so‘mni, o‘tkan yilning mos davriga nisbatan real o‘sish sur’ati esa 108,0 %ni tashkil etdi.

2023- yilning 1- aрrel holatiga ko‘ra hududlar bo‘yicha faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning eng ko‘pi Qarshi shahrida 6161 tani yoki jamiga nisbatan 18,8 % ni tashkil etdi.

2023- yil 1- may holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 37 777 tani tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan quyidagi sohalarda korxonalar sonining sezilarli o‘sishi bilan ifodalash mumkin: