Ro‘yxatga olishda qatnashayotgan har bir fuqaro o‘zi haqidagi ma’lumotlarni taqdim eta turib, o‘zlari mansub bo‘lgan kishilar guruhiga tegishli ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi. Misol uchun, ishsizlarning so‘rovnomadagi javoblari mehnat bozorini o‘rganish va aynan kerakli joyda yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini bersa, bolalar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar maktab, maktabgacha ta’lim muassasalari va shu kabi muassasalar qurilishi rejalarini tuzishda qo‘l keladi. Yosh haqidagi ma’lumotlar pensiyaga chiqadiganlar soni, ularning pensiya to‘lovlari uchun zarur bo‘ladigan mablag‘larni jamg‘arib borish imkonini beradi. Har yili maktabgacha ta’lim, umumta’lim maktablari yoki oliy ta’limga qabul qilinadigan yoshlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham xuddi shunday shakllanadi. Yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar esa har birimizning uyimizgacha keladigan yo‘llar qurilishi, kommunikatsiyalar bilan ta’minlashni rejalashtirish uchun zarur.
Aholini ro‘yxatga olish – O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida o‘tkaziladigan, belgilangan sanada aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy tavsiflarini belgilovchi, shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish va ularga ishlov berish hamda yakuniy ma’lumotlarni tarqatish va foydalanishning davriy jarayoni hisoblanadi.
Aholini ro‘yxatga olishning asosiy maqsadi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozlarini ishlab chiqish, demografik ko'rsatkichlarni hisoblash va prognozlash, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanishni o‘rganish hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun aholi to‘g‘risida ishonchli va xolis axborotlarni olish hisoblanadi.
Aholini ro‘yxatga olishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, xotin-qizlar va bolalar uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish maqsadida, aholi tarkibidagi, demografik vaziyatdagi o‘zgarishlarni baholashga doir ma‘lumotlar bazasini kengaytirish;
- shaharlarni va boshqa aholi punktlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mehnat resurslarini joylashtirish hamda ulardan foydalanishning uzoq, o‘rta va qisqa muddatli prognozlari va dasturlarini tayyorlash;
- aholini ro‘yxatga olish davri oralig‘idagi aholi soni va tarkibining joriy hisobini, hisob-kitoblarini hamda prognozlarini amalga oshirish;
- ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.
Maʼlumki, BMTning 2015-yil 10-iyundagi “2020-yilda aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olish borasidagi prinsiplar va tavsiyalar” rezolyutsiyasi qabul qilingan va unga asosan, BMTga aʼzo davlatlar kamida bir marta aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olishni oʻtkazishi belgilab qoʻyilgan. Ayni paytda MDH mamlakatlarida bu jarayonga tayyorgarlik boshlangan.
Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida hali biror marta bunday hisob-kitob ishlari olib borilmagan. Bunday sanoq soʻnggi bor sobiq ittifoq davrida, aniqrogʻi, 1989-yilda oʻtkazilgan edi. Holbuki, xalqaro tajribadan maʼlumki, koʻpgina mamlakatlarda aholini roʻyxatga olish tadbiri kamida har oʻn yilda bir marotaba tashkillashtirilishi anaʼnaga aylangan. Respublikamizda ham endi ana shunday muhim jarayon yoʻlga qoʻyiladi. Bu borada davlatimiz rahbarining 2019-yil 5-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmoni huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi.
Aholi sonini roʻyxatga olish mamlakatda yashovchi barchaga tegishli boʻlgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlarni yigʻish, umumlashtirish, baholash, tahlil va eʼlon qilishning yagona jarayonidir. U aholi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning asosiy manbai boʻlib, kelgusi 10-20 yillik rivojlanishning prognoz koʻrsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli poydevor yaratadi. Aholi migratsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shakllantiriladi.
Oʻz navbatida, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam koʻrsatish boʻyicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot tarzida foydalaniladi. Aholi sonini ishonchli hisoblash boʻyicha rasmiy statistika tizimida asosiy rol oʻynaydi.
Aholi sonini roʻyxatga olish mamlakatda yashovchi barchaga tegishli boʻlgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlarni yigʻish, umumlashtirish, baholash, tahlil va eʼlon qilishning yagona jarayonidir. U aholi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning asosiy manbai boʻlib, kelgusi 10-20 yillik rivojlanishning prognoz koʻrsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli poydevor yaratadi. Aholi migratsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shakllantiriladi.
Oʻz navbatida, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi andligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam oʻrsatish boʻyicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot tarzida foydalaniladi. Aholi sonini ishonchli hisoblash boʻyicha rasmiy statistika tizimida asosiy rol oʻynaydi.
Aholini roʻyxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng koʻlamli tadbir boʻlib, aholi toʻgʻrisidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.
Aholini roʻyxatga olish tadbiri – aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, maʼlumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari haqida maʼlumotlar olishning yagona manbai boʻlib xizmat qiladi.
Birinchi bosqichda (3 yilgacha boʻlgan muddatda)
Aholini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish (normativ xujjatlar, dasturiy taʼminot, tashkiliy ishlar) ishlarini amalga oshirish.
Ikkinchi bosqichda (10 kundan 60 kungacha boʻlgan davr)
Bevosita aholini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish ishlari amalga oshiriladi.
Uchinchi bosqichda (2 yildan 3 yilgacha boʻlgan davr)
Aholini roʻyxatga olish tadbirining birlamchi materiallari maʼlumotlari jamlanadi, elektron bazaga kiritiladi, kodlashtirish, nazorat, tahrir qilinadi natijalari eʼlon qilinadi.
Kutilayotgan natijalar:
Har bir maʼmuriy-hududiy birliklar kesimida yaʼni, viloyat, tuman, shahar, shaharcha va qishloqlardagi aniq aholi soni Respublikani iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishda sohalar boʻyicha manzilli dasturlarning tayyorlanishi. Jon boshiga yalpi hududiy va yalpi ichki maxsulot hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarni shakllantishish uchun Ilmiy izlanishlarda foydalanish. Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha indikatorlarning shakllanishi Xalqaro reytinglarda Oʻzbekistonning oʻrnini oshirish. Barcha darajadagi demografik holatlar yaʼni, aholining yoshi, jinsi, millati, kam sonli aholisi bor millatlar, maʼlumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari. Hozirgi demografiyaning aniq hisobi va kelajakdagi prognozi. Respublika, viloyat va tuman darajasidagi byudjetlarning aniq shakllantirilishi. Tuman, shahar, viloyat va respublikada uy-joyga boʻlgan extyojni aniqlash. Xorijiy investorlarni jalb qilish uchun. Uzoq va chegaradosh hamda chegaradan tashqari hududlar aholi maʼlumotlarini aniq hisobini shakllanishi shular jumlasidan iborat.