08/11/2023

Respublikamizda 2023-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, chet el investitsiyasi ishtirokida 12 851 ta korxona faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, shundan 4 836 tasi qo‘shma va 8 015 tasi xorijiy korxonalardir.

Sohalar kesimida esa ular quyidagicha taqsimlandi:

Savdo sohasida – 4 250 ta

Sanoat sohasida – 3 217 ta

Qurilish sohasida – 894 ta

Axborot va aloqa sohasida – 766 ta

Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 479 ta

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 468 ta

Tashish va saqlash sohasida – 425 ta

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 171 ta

Boshqa sohalarda – 181 ta

Tugmani bosing Tinglash GSpeech