So'nggi yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 149,3 ming tonna kerosin ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,5 martaga oshgan.

2023-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, respublikamizda chet el investitsiyalari  ishtirokida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning soni 17 659 tani tashkil etib,  2019-yilning mos davri bilan solishtirilganda bunday korxonalar soni 1,8 barobarga oshgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan Qashqadaryo viloyati boʻyicha 9 966 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2023- yilning yanvar- iyun oylarida ishlab chiqarilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 4441,9 mlrd. so‘mni yoki 2022- yilning mos davriga nisbatan 101,6 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar- iyun oylarida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 14691,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Faqat taxminlarga tayanib ish koʻrgan odam yutqazadi. Tavakkalchilik, bashoratgoʻylik maʼlum jabhalardagina zarur. Aniq statistika esa har sohada kerak. Busiz rivojlanish haqida gapirish oʻrinsiz. Ayniqsa, hozirgi tez oʻzgarib borayotgan zamonda!

2023-yil yanvar-iyun oylarida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar hajmi 222,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2019- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 2023- yilning ushbu oylarida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarning hajmi 166,4 mlrd. so‘mga oshib, 287,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 714,0 tonna mayonez ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 15,1 % ga oshgan.

Respublikamizda 2023-yilning yanvar-iyun oyida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 46 283 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

2023-yilning yanvar-iyun oylari davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transporti orqali jami 36,3 mln. tonna asosiy turdagi yuklar joʻnatilgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan yuk joʻnatish hajmi 0,3 mln. tonnaga oʻsishi kuzatildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 241,3 tonna saryogʻ ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,5 martaga oshgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 98 614 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Respublikamizda 2023-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalar soni 67 220 tani tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 61,9 %ni, transfertlardan olingan daromadlar 28,5 %ni hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 9,6 %ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 7 405,5 ming so‘mni tashkil etdi.

Qashqadaryo viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2023- yil yanvar-iyun oylari holatiga koʻra, 78191,8 ming AQSH dollarini tashkil etdi.

2023- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot sohasi xizmatlarida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 789 birlikni tashkil etdi, shundan 653 birlikni kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etdi.