Joriy yilning 6-fevral kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida Statistika agentligining 2024-yil 1-fevraldagi 13-son buyrugʻi asosan “Uy xoʻjaliklarida tanlanma kuzatuvlar oʻtkazish boʻyicha intervyuyerlar uchun qoʻllanma ishlab chiqilgan boʻlib, ushbu qoʻllanmani Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari boʻlim xodimlariga tanishtirish maqsadida oʻquv seminar tashkil etildi.
Seminarda Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari boʻlim xodimlari (intervyuyerlar) ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun: uy xoʻjaliklarida oʻtkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini oʻrganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun maʻlumotlar shakllantiriladi.