Joriy yilning 5- fevral kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Tayloqov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligining sanoat statistikasi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari B. Yuldoshev tomonidan 2023- yil yakunlari boʻyicha “1- FX va 1- KB” yillik statistika hisobotini topshiruvchi hisobchilariga uslubiy yordam berish hamda hisobotlarni muddatida sifatli topshirish jarayonida huquqbuzarliklarga yo'l quymaslik maqsadida Qarshi shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan Buxgalteriya markazlarida huquqiy targ‘ibot tadbir o‘tkazildi.
Ushbu seminarda “1- FX va 1- KB” shakli hisobotining har bir boʻlimi va undagi koʻrsatkichlar boʻyicha tushuntirishlar berildi. Hisobot topshiruvchilarning savollariga atroflicha javob berildi.
2024-yilning 27-fevral sanasida yakunlanishi bo‘yicha eslatib o‘tildi.