So'nggi yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 7 384 dona mototsikl ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,4 barobarga oshgan. 

2023- yilning yanvar-sentabr oylari holatiga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 63,0 %ni,  transfertlardan olingan daromadlar 30,6 %ni hamda  shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 6,4%ni tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Rasmiy statistika to‘g‘risidagi qonuni, Mehnat kodekisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yil 23- oktabrdagi  “O‘zbekiston Respublikasining  -871-sonli Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yil 11- sentabrdagi PF-158 –sonli Farmoni bilan tasqiqlangan “ O‘zbekiston – 2030” strategiyasining maqsad va vazifalari yuzasidan Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i B. Maxmadaliyev hamda boshqarma   xodimlari ishtirokida joriy yilning 17- noyabr kuni huquqiy o‘quv -  seminar o‘tkazildi.

2023- yilning yanvar-sentabrida kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 71,8 million AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 24,0 % ini tashkil etdi.

Respublikamizda 2023-yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra, qurilish sohasida jami  35 127 ta korxona faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

2023-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda otlar soni 271,8 ming boshga yetdi va 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,9 %ga koʻpaydi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida temiryoʻl transportida 7 425,7 ming nafar yoʻlovchi tashilgan.

2023-yil 1-noyabr holatiga savdo sohasida 218 075 ta korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, 2019-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 barobarga oshgan. Ularning so‘nggi besh yildagi dinamikasi quyidagicha:

2023-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda parrandalar soni 97,2 mln. boshga yetdi va 2022-yilning mos davriga nisbatan 6,5 %ga koʻpaydi.

2023-yilning  yanvar-oktabr oylarida Tojikistondan Oʻzbekistonga 1 758,2 ming nafar chet el fuqarolari tashrif buyurgan.

2023- yil yanvar-sentabr oylarida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 28,2 % ni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2022- yilning mos davriga nisbatan 10,5 % ga ko‘paygan.

2023- yil yanvar-sentabr oylarida sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi 201,0 mlrd. so‘mni yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 1,4 % ini tashkil etdi.

2023- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 4834,5 milliard so‘mni yoki qurilish ishlari umumiy hajmining 75,3 % ini tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-sentabrida hududlar bo‘yicha yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning jamiga nisbatan eng ko‘p ulushi Qarshi shahri – 15,3 %, Koson va Yakkabog’ tumanlari – 8,1 %, Qarshi tumani – 8,0 %, Kasbi tumani – 6,4 %, Kitob tumani – 6,3 %, Shahrisabz tumani – 6,2 %, G'uzor tumani – 6,1 % hissalariga to‘g‘ri keldi.

2023-yil yanvar-sentabr oylarida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 50,0 %ni tashkil etdi. 

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida sanoat sohasida 12 371 ta yangi korxonalar tashkil etilib, ularning so‘nggi yillarning mos davridagi dinamikasi quyidagicha:

2023-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda qoʻy va echkilar soni 23,9 mln. boshga yetdi va 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,3 %ga koʻpaydi.

2023-yilning 9 oy davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha havo transporti orqali joʻnatilgan yuklar hajmi 6,3 ming tonnani tashkil etdi.