Joriy yilning 23- avgust kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi bosh yurskonsulti M. Sharipov tomonidan boshqarma hamda tizimdagi tuman va shahar statistika bo‘lim hodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining Prezindentining 2024- yil 7-avgustdagi “Elektr energitikasi va Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish hamda Probasiya to‘g‘risida”gi O‘RQ-938-939-940-sonli Qonunlari va 2024-yil 14-iyuldagi hamda 2024-yil 6-avgustdagi PQ-263-284-sonli Qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati hamda qo‘llanilishini xodimlarga tushuntirib, batafsil ma’ruza qildi.
Shuningdek, ushbu Qonun va qarorlarning qachon, qanday qullanilishi va ushbu normativ-huquqiy hujjatlar talablariga amaliyotda rioya qilinishi yuzasidan xodimlar tomonidan berilgan savollariga tushunarli ravishda javoblar berildi.