Viloyatimizda 2024- yilning yanvar-iyul oylarida jami 2885 ta yangi korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilgan.
Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:
savdo sohasida – 980 ta;
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 520 ta;
sanoat sohasida – 488 ta;
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 248 ta;
qurilish sohasida –121 ta;
axborot va aloqa sohasida –77 ta;
tashish va saqlash sohasida –71 ta;
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 52 ta;
boshqa sohalarda –328 ta.