18/03/2023

Navro‘z, atrofda ajib manzaralar barq urib, tabiat uyg‘onmoqda. Bahor havosidan qalblarga tarovat, iliqlik yugurmoqda. Yangilanish, yasharish fasli boshlandi. Shukuhli bu kunlarda esa yurtimizda Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlanadi. Asrlar tarixiga ega bu bayram tomoshalarida xalqimizning qadimiy urf-odatlari, milliy an’analarimiz qayta tiklanib, yangicha tus oladi. Shu tariqa milliy meroslarimiz avlodlar qalbiga singib boradi.

Navro‘z asosan bahoriy teng kunlik 21- martdan boshlab nishonlangan va bir hafta, o‘n kun, hatto, ba’zi joylarda bir oygacha davom etgan bayram. Navro‘z bayrami  - bu dehqon, cho‘pon, hunarmand, qo‘yingki, hammamizning haqiqiy umumxalq bayramimizdir. 

Navro‘z bayrami elimizda obodlik, tinchlik-totuvlik, millatlararo ahillik, bag‘rikenglik ramzi, qalblarimizda ezgulik uyg‘otadigan haqiqiy sharqona bayram bo‘lib qolaveradi.

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmsi jamoasi

Tugmani bosing Tinglash GSpeech