Joriy yilning 15-mart kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i U. Azimov hamda Qarshi tuman statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi M. Sharopova “Quyi Beshkent” mahalla fuqarolar yig‘inining vakili bilan hamkorlikda mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini amalga oshirdilar.