2023- yil 16- mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida fan va innovatsiya statistikasi bo‘yicha tashkil etiladigan kuzatuvlarni tizimli o‘tkazish va berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida videokonferensiya o‘tkazildi.
Unda Agentlikning Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshlig‘I va xodimlari, hududiy statistika boshqarmasi boshliqlari va o‘rinbosarlari hamda tuman (shahar) statistika bo‘limi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlar tinglandi, Statistika dasturiga asosan o‘tkaziladigan fan va innovatsiya kuzatuvlarini tashkil etish ishlari muhokama qilindi.
Shuningdek, mazkur kuzatuvlarni sifatli va xalqaro standartlarga mos ravishda o‘tkazish tartibi bo‘yicha tegishli takliflar berildi.