09/03/2023

Joriy yilning 9- mart kuni Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar, Oʻzbekiston Respublikasi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, ahamiyati hamda viloyatning demografik holati bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari, Institut professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan kun tartibidagi masalalar bo‘yicha batafsil tushunchalar berishdi.

 

Davra suhbati qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech