01/03/2023

2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

1-7j1a4876

Shundan kelib chiqib, joriy yil 28- fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “Faoliyatga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish” mavzusida seminar tashkil etildi.

2-7j1a4843

3-7j1a4869

Seminarda Agentlik tomonidan Generic Statistical Information Model (GSIM) - Statistik ma’lumotlarni taqdim etishning universal modelini joriy etish yuzasidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hujjatlar taqdimoti tashkil etildi.

4-7j1a4872

5-7j1a4865

Jumladan, Metama’lumotlarni ishlab chiqish bo‘yicha namunaviy uslubiy qo‘llanma asosida metama’lumotlarni yuritish masalalari yoritib berildi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech