27/02/2023

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti jozibadorligini oshirish va kreativ yondashuvlar asosida zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda yangi logotipini yaratish maqsadida tanlov eʼlon qilingan edi.

1-7b5a1601

Mazkur tanlovga arizalar 2023 yil 27-yanvardan 7-fevralgacha qabul qilindi. Tanlovda fuqaroligidan qatʼiy nazar 16 yoshga toʻlgan jismoniy shaxslar, professional reklama kompaniyalari va agentliklarning vakillari ishtirok etdi va oʻz loyihalarini taklif etishdi.

2-7b5a1602

Loyihalar tanlovning rasmiy elektron pochtasi (tanlovThis email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.) orqali qabul qilindi. Tanlovga jami 7 ta ariza kelib tushdi. Tanlovga kelib tushgan har bir ariza va taklif etilgan loyihalar tanlov ishchi guruhi tomonidan tanlov nizomlarining talablari asosida birma-bir koʻrib chiqilganligi taʼkidlab oʻtildi.

3-7b5a1608

Eng yaxshi logotip tanlab olishda gʻoyaning oʻziga xosligi, yangiligi, aniq-ravshanligi, jozibadorligi, tarixiy, madaniy, tabiiy, xalqaro standartlarga va boshqalar bilan birlashtirilishi, tadbir maqsadiga muvofiqligi hamda ijro estetikasi kabi mezonlarga mosligi oʻrganib chiqildi.

4-7b5a1620

Gʻoliblarni aniqlashda har bir loyiha uchun tanlov ishchi guruhi aʼzolari tomonidan qoʻyilgan ballarni umumlashtirish va eng yuqori ball toʻplagan loyihani gʻolib deb topish tamoyilidan kelib chiqib tanlandi. Tanlov natijalariga koʻra eng yaxshi logotip loyihasi nominatsiyasida “MINIM DSGN” MCHJ tomonidan taqdim etilgan loyiha tanlov gʻolibi deb topildi.

5-7b5a1615

Tanlov gʻolibi hamda tanlovning eng yaxshi loyihasi mualliflari Statistika agentligi tomonidan qimmatbaho sovgʻa va maxsus diplom bilan taqdirlandi.

6-epr24r24r45e5rp47-etbedrbuezhrb

 

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech