22/02/2023

Joriy yilning 21- fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligining Jamg‘arma va yordamchi hisoblar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari M.Yunusova va Xarajatlar va ishlab chiqarish statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi G.Raxmatullayevaning 2023- yilning 6–17- fevral kunlari Vena shahrida (Avstriya) Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Birlashgan Vena instituti tomonidan tashkil etilgan “Moliyaviy dasturlash va siyosat” mavzusida o‘tkazilgan seminardagi ishtiroklari natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

1-7b5a1519

2-7b5a1540

Xalqaro seminarda olingan bilimlar asosida yig‘ilish qatnashchilari moliyaviy dasturlash, miqdoriy tahlil, moliyaviy sektor, hisoblar, prognozlash, makroiqtisodiy barqarorlik, o‘rta muddatli istiqbollar, to‘lov balansi, pul-kredit va valyuta siyosati, makroiqtisodiy nomutanosibliklarni aniqlash, ularni muvofiqlashtirish usullari hamda tajribasi bilan tanishtirildi.

2-photo_2023-02-21_17-48-31

3-7b5a1522

4-7b5a1516

Shuningdek, seminar ishtirokchilari boshqarma xodimlarini yuqorida aytib o‘tilgan mavzu bo‘yicha rivojlangan davlatlar tajribalari bilan tanishtirishdi va ushbu seminardan olingan bilim hamda tajribalarni milliy statistika amaliyotida qo‘llash masalalari muhokama qilindi.

5-7b5a1524

6-7b5a1512

7-7b5a1532

Taqdimot jarayonida boshqa davlatlarning statistik faoliyati va tajribasi, xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ham ma’lumotlar berildi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech