22/02/2023

Joriy yilning 22- fevral kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq” shiori ostida xodimlarda korrupsiyaga qarshi faollikni kuchaytirishga qaratilgan targʻibot tadbiri tashkil qilindi. Mazkur tadbirga boshqarma boshlig‘i B. Maxmadaliyev boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, Bosh yuriskonsult hamda tarmoq bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda boshqarma boshlig‘i B. Maxmadaliyev so‘zga chiqib, bugungi globallashuv, mintaqa va davlatlararo integratsiya jarayonlari jadallashib borayotgan murakkab bir sharoitda korrupsiya chegara bilmas muammoga aylanganligi, korrupsiya keltirib chiqarayotgan oqibatlar jamiyatlarni ich-ichidan yemirib, demokratik va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazishi, inson huquqlarining qoʻpol ravishda buzilishiga olib kelinishi, iqtisodiy rivojlanishni izdan chiqarishi, jamiyat va davlat uchun oʻta xavfli boʻlgan uyushgan jinoyatchilik va terrorizmning keng yoyilishiga sharoit yaratib berishi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir yakunida xodimlar o‘z fikr mulohazalarini aytib o‘tishdi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech