Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i B. Maxmadaliyev va Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi bosh mutaxassisi F. Qodirova bilan birgalikda Qarshi tumani “Istiqlol”MFYga borib, hozirda uy xo‘jaliklari kuzatuvlariga tushgan xonadonlar egalari bilan yaqindan suhbatlashdi va kuzatuvning maqsad vazifalari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, Uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantiriladi.
Matbuot xizmati