Oʻzbekistonda 2023-yilning 1-fevral holatiga jami faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) 507443 ta boʻlib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 503 804 tani tashkil etgan.
Faoliyat koʻrsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori koʻrsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Toshkent shahrida – 101 763 ta
Toshkent viloyatida – 47 567 ta
Samarqand viloyatida – 45 416 ta
Fargʻona viloyatida – 43 266 ta
Andijon viloyatida – 37 546 ta
Qashqadaryo viloyatida – 35 450 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 176 294 ta
sanoat sohasida – 93 021 ta
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 50 444 ta
qurilish sohasida – 45 205 ta
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 34 901 ta