Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, 2022-yilning yanvar–dekabr oylarida respublika boʻyicha jami 3 441,7 ming tonna kartoshka yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 104,7 % ni tashkil etdi.
Kartoshka yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Samarqand viloyati (20,9 %) hissasiga toʻgʻri keldi. Shu bilan birga, Andijon (12,2 %), Toshkent (10,9 %) va Fargʻona (10,5 %) viloyatlarida ham kartoshka yetishtirishning yuqori koʻrsatkichlari qayd etildi.