17/02/2023

2022- yil yakunlariga ko‘ra, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatining qo‘shilgan qiymati tarkibida eng katta ulush metallurgiya va metallni qayta ishlash sanoatiga (mashina va uskunalardan tashqari) to‘g‘ri keldi va 40,1 % ni tashkil qildi. Shuningdek,

  • to‘qimachilik mahsulotlari, kiyim, teri va unga tegishli mahsulotlar ishlab chiqarish 14,1%,
  • oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish – 13,9 %,
  • kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish – 7,4%,
  • rezina, plastmassa buyumlar va boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish – 7,2%,
  • avtotransport vositalari, treylerlar, yarim tirkamalar hamda boshqa transport uskunalari ishlab chiqarish – 5,6%,
  • koks va neftni qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarish – 2,6%,
  • yog‘och va qog‘oz mahsulotlarini ishlab chiqarish, yozilgan materiallarni nashr qilish va aks ettirish – 2,0 %,
  • ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning boshqa mahsulotlarini ishlab chiqarish – 7,1 %.

 11_11-ichiptspuj

Tugmani bosing Tinglash GSpeech