16/02/2023

2023- yilning 13–15- fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot (IOM)ning O‘zbekiston Respublikasi vakolatxonasi tomonidan “Markaziy Osiyoda mehnat migratsiyasi dasturi” bo‘yicha seminar tashkil qilindi.

1-img_3551

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot, Markaziy bank, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, PayNet to‘lov tizimi, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

2-img_3575

3-img_3800

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Yuldoshev Zoyir Toshkanovich qatnashdi.

4-img_3731

5-img_3618

Seminar ishtirokchilari “Markaziy Osiyoda mehnat migratsiyasi dasturi” doirasida davlatlar o‘rtasida migratsiya masalalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish, bu borada ayni paytda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida alohida to‘xtalib o‘tishdi.

6-img_3791

Shuningdek, xavfsiz va tartibli migratsiya tizimini joriy etish, migrantlarni kasb-hunarga o‘qitish masalalarida fikr-mulohaza almashishdi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech