2023- yilning 1-fevral holatiga respublikamizda jami faoliyat koʻrsatayotgan sanoat korxonalari soni 93 908 ta (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) boʻlib, jami korxonalarning 16,4 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 93 021 taga toʻgʻri keldi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:
Toshkent shahrida – 15 869 ta
Fargʻona viloyatida – 10 070 ta
Toshkent viloyatida – 9 641 ta
Andijon viloyatida – 9 438 ta
Samarqand viloyatida – 8 295 ta
Namangan viloyatida – 7 572 ta
Qashqadaryo viloyatida – 5 396 ta
Buxoro viloyatida – 4 982 ta
Xorazm viloyatida – 4 665 ta
Surxondaryo viloyatida – 4 555 ta
Jizzax viloyatida – 3 850 ta
Navoiy viloyatida – 3 830 ta
Qoraqalpogʻiston R. – 3 553 ta
Sirdaryo viloyatida – 2 192 ta