2022- yil yakunlariga ko‘ra, kichik biznesning respublika yalpi ichki mahsulot (YAIM)dagi ulushi 51,8 % ni tashkil etdi. Hududlar kesimida eng katta ulush Jizzax (hududda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat umumiy hajmining 78,4 % ini tashkil etgan), Surxondaryo (76,8 %) va Buxoro (74,1 %) viloyatlarida kuzatildi. Kichik biznesning eng kam ulushi Navoiy (26,8 %) viloyatida qayd etildi.