2023- yilning 1- fevral holatiga koʻra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning soni 15 481 tani, shundan qoʻshma korxonalar 6 300 ta va xorijiy korxonalar 9 181 tani tashkil etgan boʻlib, ularning sohalar boʻyicha soni quyidagi koʻrinishda aks etdi:
Savdo sohasida – 4 720 ta
Sanoat sohasida – 4 237 ta
Qurilish sohasida – 1 227 ta
Axborot va aloqa sohasida – 764 ta
Qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 745 ta
Yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 627 ta
Tashish va saqlash sohasida – 460 ta
Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida – 218 ta
Boshqa sohalarda – 2 483 ta