15/02/2023

2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

1-7b5a0900

Shundan kelib chiqib, joriy yil 14- fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “Faoliyatga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish” mavzusida seminar tashkil etildi.

2-7b5a0895

Seminarda Agentlik tomonidan Generic Statistical Information Model (GSIM) - Statistik ma’lumotlarni taqdim etishning universal modelini joriy etish yuzasidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hujjatlar taqdimoti tashkil etildi.

3-7b5a09094-7b5a0916

Jumladan, “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunga asosan Statistika agentligi tomonidan ishlab chiqiladigan ko‘p yillik va bir yillik statistika dasturlarini ishlab chiqishdan boshlab uni amalga oshirishgacha bo‘lgan jarayonlari yoritib berildi.

5-7b5a09066-7b5a0915

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech