2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Qashqadaryo viloyatida jami 7,8 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilga nisbatan 105,8 % ni tashkil etdi.
Hududda bajarilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 26,8 % ni, kichik korxona va mikrofirmalarni ulushi 49,4 % hamda norasmiy sektorlarda bajarilgan qurilish ishlar ulushi 23,8 % ni tashkil etdi.