2022-yil yanvar-dekabr oylarida yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarning umumiy hajmida oziq-ovqat va ichimliklar bilan taʼminlash boʻyicha xizmatlarning ulushi 85,3 % bilan ustunlik qildi. Yashash xizmatlari ulushi 14,7 % ni tashkil etdi.
Taqqoslash uchun: 2021-yilda oziq-ovqat va ichimliklar bilan taʼminlash boʻyicha xizmatlarning ulushi 84,9 % ni tashkil etgan.