2023- yilning yanvar oyida respublika boʻyicha 76199 nafar tirik tugʻilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.
Bu koʻrsatkich hududlar kesimida tahlil etilganda har 1000 nafar aholiga nisbatan tugʻilish koeffitsiyenti Surxondaryo viloyatida 29,8 promillini tashkil etib eng yuqori hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida 21,0 promilleni tashkil etib eng past ekanligi kuzatildi.
Hududlar kesimida tugʻilish koeffitsiyenti:
Surxondaryo 29,8 promille
Qashqadaryo 27,3 promille
Jizzax 27,3 promille
Namangan 26,4 promille
Samarqand 25,9 promille
Sirdaryo 25,9 promille
Navoiy 25,1 promille
Toshkent shahri 25,1 promille
Andijon 23,8 promille
Fargʻona 23,7 promille
Toshkent 23,1 promille
Buxoro 21,2 promille
Xorazm 21,1 promille
Qoraqalpogʻiston Respublikasi 21,0 promille