2023-yilning 1-fevral holatiga jami faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 572 021 tani (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 89 170 tani tashkil qildi (ulushi 15,6 %).
Xususiy korxonalar sonining eng koʻpi quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Toshkent shahri – 11 435 ta
Fargʻona viloyati – 11 072 ta
Qashqadaryo viloyati – 10 585 ta
Samarqand viloyati – 7 971 ta
Surxondaryo viloyati – 6 942 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 37 017 ta
sanoat sohasida – 15 185 ta
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 7 602 ta
qurilish sohasida – 6 596 ta
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 6 231 ta