2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Qashqadaryo viloyatida 16,2 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, uning tarkibida qurilish-montaj ishlariga yo‘naltirilgan investitsiyalar 8,1 trln. so‘mni va jami viloyatda o‘zlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 50,1 % ini tashkil etdi.
Mashina, asbob, uskuna va xo‘jalik inventarlarini sotib olishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 6,5 trln. so‘mni (jami investitsiyalardagi ulushi 40,3 %) hamda boshqa xarajatlar 1,6 trln. so‘mni (9,6 %) tashkil etdi.