09/02/2023

Joriy yilning 9- fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida 2023- yilning 23- yanvar – 3- fevral kunlari Avstriyaning Vena shahrida Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Birlashgan Vena instituti tomonidan “Milliy hisoblar statistikasi” mavzusida o‘tkazilgan seminar natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

1-7b5a07032-7b5a0725

Taqdimotda Statistika agentligining Joriy hisoblar bo‘limi boshlig‘i J. Mexmonov,  Makroiqtisodiy indikatorlarni shakllantirish va tahlil etish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari H. Mamatmuradov, Makroiqtisodiy indikatorlarni shakllantirish va tahlil etish bo‘limi bosh mutaxassisi F. Berdiyorov hamda Joriy hisoblar bo‘limi bosh mutaxassisi D. Kushchiyev milliy hisoblar statistikasi bo‘yicha xalqaro tajribalar xususida taqdimot qilishdi.

3-7b5a070747b5a0722

Taqdimotchilar xalqaro seminardan olingan bilim va ko‘nikmalar asosida zaxiralar va hisob qoidalari, narx va hajmni o‘lchashning asosiy tamoyillari, resurslar va ishlatilish jadvallari bo‘yicha o‘zlashtirilgan tajribalar haqida so‘z yuritishdi.

4-7b5a07305-7b5a0714

Shuningdek, sotib olish narxlari va asosiy narxlar, kapital o‘zgarishi, tovar-moddiy zaxiralarni baholash, resurslar va ishlatilish jadvallarini balanslash kabi masalalar bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi.

6-photo_2023-02-09_11-36-087

Taqdimot jarayonida boshqa davlatlarning statistik faoliyati va tajribasi, xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ham ma’lumotlar berildi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech