2018-yil 1-yanvar holatiga kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) soni 229 666 tani tashkil etgan boʻlsa, 2022-yilga kelib, bu koʻrsatkich 523 556 taga yetgan. Shuningdek, soʻngi 6 yil davomida mamlakatimizda kichik tadbirkorlik subyektlari uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar va ularga berilayotgan imtiyozlar natijasida kichik korxona va mikrofirmalar soni bugungi kunga kelib, 2017-yilga nisbatan 293 890 taga yoki 2,3 barobarga oshganligini koʻrishimiz mumkin.